Narx pasayişi hozirgi energetika inqirozi şaroitida Ai-80 benzini importi va realizatsiyasi aksiz soliğidan ozod qilingani bilan boğliq.
Kun.uz'ning energetika tizimidagi manbasiga köra, bu borada prezidentning tegişli qarori qabul qilingan. Unda aksiz soliği böyiça vaqtinçalik tartib 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martgaça davom etişi belgilangan.
Bundan taşqari, neft va gaz kondensati taşkiliy-huquqiy şaklidan qat’i nazar qazib oluvçi taşkilotlar tomonidan işlab çiqaruvçilarga faqat birja orqali sotilişiga oid tartib bekor qilindi.
Qarorga asosan, 2023 yil 1 aprelgaça Neftgazinspeksiya va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi tomonidan, istisno tariqasida, Biznes-ombudsman bilan kelişmasdan tadbirkorlik sub’yektlarini energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalaniş holatlari böyiça tekşirişga ruxsat berildi (ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralaşmagan holda).
Bu inspeksiyalar tekşiruvlar natijalari böyiça mansabdorlarni jazolaş va ularning faoliyatiga huquqiy baho beriş yuzasidan tegişli organlarga taqdimnomalar kiritib boradi.

















