Samarqand viloyatida öquv yili boşlanişi keçiktirilgan maktablarda III çorak darslari biroz ertaroq — 2023 yilning 5 yanvaridan boşlanadi. Bu haqda Samarqand viloyat XTB matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Joriy yil sentabr oyida Samarqand şahrida ötkazilgan muhim xalqaro siyosiy tadbir munosabati bilan Xalq deputatlari Samarqand şahar kengaşi qaroriga köra, Samarqand şahridagi barça umumiy örta ta’lim muassasalariga, şuningdek, Oqdaryo, Toyloq, Samarqand tumanlarining mahalliy kengaşlari qarorlari va Jomboy tuman hokimligining tegişli farmoyişiga asosan, Samarqand tumanidagi 3 ta (7-, 23-, 53-), Toyloq tumanidagi 5 ta (11-, 12-, 15-, 17-, 59-), Oqdaryo tumanidagi 5 ta (25-, 38-, 39-, 41-, 48-), Jomboy tumanidagi 6 ta (5-, 6-, 8-, 22-, 20- va 44-) sonli umumta’lim maktablariga 5-19 sentabr kunlari navbatdan taşqari ta’til berilgan edi. Qarorlarda qoldirilgan dars soatlari öquv yili davomida beriladigan ta’tillar hisobiga qoplanişi belgilangan.
Şunga köra, muassasalarida 5–8 sentabr kunlari qoldirilgan darslar kuzgi ta’tilning 4–8 noyabr hisobidan töldirildi.
9–14 sentabr kunlari qoldirilgan darslar örni qişki ta’til kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan (5–10 yanvar kunlari) jami 5 öqiş kuni;
2022 yilning 15–17 sentabr kunlari qoldirilgan dars maşğulotlari örni 2023 yil bahorgi ta’tilning oxirgi 3 öqiş kuni hisobidan töldirilişini ma’lum qilamiz», — deyiladi Samarqand viloyati xalq ta’limi boşqarmasi axborot xizmati xabarida.
Eslatib ötamiz, Samarqand şahridagi maktablar töliq hamda Oqdaryo, Jomboy, Toyloq va Samarqand tumanlaridagi ayrim maktablarda yangi öquv yili Samarqand şahrida Şanhay hamkorlik taşkiloti sammiti ötkazilişi munosabati bilan 19 sentabrdan boşlangandi.
Bundan avvalroq Xalq ta’limi vazirligi respublika umumta’lim maktablarida qişki ta’til 28 dekabrdan 10 yanvargaça davom etişi, III çorak darslari 2023 yil 11 yanvar kunidan boşlanişini e’lon qilgan edi.

















