Yevropada qişki isitiş mavsumining uçdan bir qismi ortda qoldi va hozirça natijalar ajoyib. Yevropa Ittifoqining 450 million aholisi bölgan 27 davlati gaz iste’molini çorak qismga qisqartirişga muvaffaq böldi va endilikda yevropaliklarning qişdan heç qanday blekautlarsiz çiqişga işonçi komil.

Ular buni qanday uddaladi va bu uçun qança xarajat qilindi. Mablağ va sabr-toqat yana qançaga yetadi?

Birinçi raund Yevropa foydasiga

Gaz neft va kömirdan farqli ölaroq, Yevropaning Rossiyaga qarşi sanksiyalariga tuşmadi, çunki Yevropa Ittifoqi arzon va nisbatan tabiiy toza yonilğidan voz keçişni istamadi.

Biroq Putinning özi bu mavzuni oçdi: Ukrainadagi uruş davrida Kreml nazoratidagi «Gazprom» kompaniyasi turli bahonalar bilan Yevropa Ittifoqiga gaz yetkazib berişni 80 foizga qisqartirdi.

YeI butun Rossiya gazining 40 foizini import qilib kelgani, hatto yuqori narxga ham uning örniga muqobil resurs topiş qiyin bölişi sabablari ortidan Yevropa davlatlari sanoat töxtab qolişi va sovuqda qolgan aholining ommaviy tartibsizliklar uyuştirişi xavfi bilan töqnaşdi.

Ammo bular yuz bermadi. Quyidagi beş omil yordamida vaziyatdan çiqildi:

— Rossiya gaz yuborişni butunlay töxtatmadi;

— Gaz zaxira omborlari deyarli töliq töldirildi;

— Insonlar va korxonalarga subsidiyalar orqali yordam berildi;

— Oktyabr va noyabr oylarida ob-havo rekord darajada issiq böldi;

Yevropaliklar gazni tejaşni örgandi (yoki majbur böldi).

Bu omillardan faqatgina oxirgisi butunlay Yevropa ittifoqi hukumatlari qölida. Ular Kreml ustidan nafaqat birinçi qişki gaz uruşida, balki butun energetika uruşida ğalaba qozoniş uçun aynan şu omilga e’tibor qaratmoqçi.

«Hozir biz kelgusi qişga tayyorgarlik körişga e’tibor qaratişimiz kerak. Bu qiş emas, balki keyingi qiş uçun. Biz bu qişda xavfsizlikdamiz», — dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen.

U şuningdek, «Albatta, biz bu uçun katta mablağ sarfladik», deya qöşimça qilgan.