Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartibi töğrisida nizomda 17-1-band quyidagi mazmundagi xatboşi bilan töldiriladi:

“Köp kvartirali uy joylaşgan va unga tutaş yer uçastkasi hamda köp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkka bölgan huquqlar joylar mulkdorlari nomiga davlat röyxatidan ötkaziş uçun amalga oşirilişi kerak bölgan tölovlar joylar mulkdorlari yoki tegişli köp kvartirali uy boşqariş organi tomonidan ikki yil davomida teng uluşlarda bölib-bölib tölanişi mumkin”.

Köp kvartirali uy joylaşgan va unga tutaş yer uçastkasi hamda köp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkka bölgan huquqlar uşbu joylar mulkdorlari nomiga davlat röyxatidan ötkaziladi.

Köp kvartirali uylardan foydalaniş uçun ruxsatnoma uşbu uy joylaşgan va unga tutaş yer uçastkalariga, umumiy mol-mulkka bölgan huquqlarni joylar mulkdorlari nomiga, keyinçalik realizatsiya qilinadigan turar joylar va yaşaş uçun möljallanmagan (noturar) joylar esa buyurtmaçi nomiga davlat röyxatidan ötkaziş uçun asos böladi.