Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undiriş böyiça ikki nafar fuqaroning uyiga borgan MIB xodimlari qarzdorlarning otasi tomonidan hujumga uçragan. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa 2022 yil 9 dekabr kuni Kökdala tumanida sodir bölgan. MIB Kökdala tumani bölimining ikki nafar ijroçisi Jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tuman sudining qaroriga asosan qarzdor aka-uka R.E. va R.E.dan undiruvçi A.Q.ning foydasiga 4,8 mln sömdan undiriş uçun ularning yaşaş manziliga borgan.

Qaror ijrosini ta’minlaş maqsadida qarzdorlardan birida “Nexia-2” borligi aniqlangan. Mazkur maşinani xatlaş jarayonida qarzdorning mast holatda bölgan 61 yoşli otasi MIB xodimlariga qarşilik körsatgan. Ularni uyatli sözlar bilan haqorat qilgan. Xodimlarga oyoq va qöllari bilan zarba berib, tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilişiça, 2022 yil 9 dekabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. U Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida uşlangan.

















