Angor tumanida qoronği köçada Lada maşinasi bilan fuqaroni urib yuborgan haydovçi unga yordam bermasdan qoçib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2022 yil 12 dekabr kuni soat 19:30 larda sodir bölgan.
Ma’lum qilinişiça, Angor tuman IIBga tumanning Yangiobod mahallasidan ötuvçi 4N-1597 avtomobil yölining 6-kilometrida noma’lum şaxsning jasadi yotgani haqida xabar berilgan.
Şu kunning özida IIB xodimlari voqea joyiga yetib borib, holatga oydinlik kiritiş va murdaning şaxsini aniqlaş işlarini olib borgan.
Sud tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga köra, 1976 yilda tuğilgan fuqaro noma’lum transport vositasi tomonidan sodir etilgan yöl-transport hodisasi oqibatida oğir tan jarohati olib, şu joyning özida vafot etgan.
Olib borilgan tezkor çoralar natijasida piyodani urib ketib, unga birinçi yordam körsatmasdan voqea joyidan qoçib ketgan 56 yoşli haydovçi aniqlangan.
Haydovçi «Lada» maşinasi bilan harakatlanayotib yoritiş çiroqlari bölmagan qoronği köçada e’tiborsizlik qilgan va yölning qatnov qismida mast holda yotgan piyodani körmasdan bosib ketgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Angor tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi hamda 117-moddasi (xavf ostida qoldiriş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
















