«UzAuto Motors» AJning kredit reytingi «B+» (Barqaror kutilma)dan BB- (Barqaror kutilma)ga kötarildi va Özbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga tenglaştirildi. Uşbu natija «Fitch Rating» xalqaro reyting agentligining joriy yilning 13 dekabrdagi kredit reytingi böyiça navbatdagi hisobotida e’lon qilindi.

«Fitch Rating» agentligi UzAuto Motorsʼning kredit reytingini kompaniyaning mamlakat iqtisodiyoti uçun ahamiyati ortib borayotgani, avtomobillar işlab çiqariş va sotişning ösiş sur’atlari, modellar qatorining yangilanişi, şuningdek, moliyaviy natijalarning izçil yaxşilanib borayotgani munosabati bilan oşirdi. 

Agentlik ma’lumotlariga köra, Özbekistonda avtomobil importiga bojxona tölovlari kamaytirilgani va raqobatning kuçayganiga qaramay, UzAuto Motors bozordagi ustunligini saqlab qolmoqda. Şuningdek, Agentlik UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan avtomobillar eng maqbul narxlarda yetkazib berilayotganligi sababli, xorijiy brendlar uçun UzAuto Motors mahsulotlarini almaştiriş qiyin bölişini ta’kidladi.

Agentlik UzAuto Motors London fond birjasida yevroobligatsiyalarini joylaştirgan kam sonli kompaniyalardan biri ekanligini hisobga oladi, bu esa kompaniyaning xorijiy kapitalni jalb qiliş imkoniyatini tasdiqlaydi.

Şuningdek, kompaniya daromad hajmi böyiça iqtisodiyot tarmoqlarining toğ-kon va neft-gaz sohalaridagi eng yirik kompaniyalar darajasida ekanligi qayd etildi.

2021 yil 23 mart kuni «Fitch Rating» xalqaro reyting agentligi «UzAuto Motors» AJga Özbekiston Respublikasining suveren kredit reytingidan bir poğona past bölgan «B+» (Barqaror prognoz) kredit reytingini berdi.

Reklama