13 dekabr kuni u qarorni «juda yaxşi yangilik» deb atadi. Bu ma’lumotni Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen ham Parijda bölib ötgan «Ukraina xalqi bilan birdamlik» xalqaro konferensiyasi iştirokçilariga qilgan murojaatida tasdiqladi.
«Keça biz Ukraina uçun 18 milliard yevro, har oy 1,5 milliard yevro böyiça kelişib oldik», dedi fon der Lyayyen.
12 dekabr kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi taşqi işlar böyiça kengaşining rejalaştirilgan yiğilişi bölib ötdi. Paket 2023 yilda Ukrainani moliyaviy qöllab-quvvatlaş uçun tizimli yeçimdir. Kreditlarni qaytariş uçun 10 yillik imtiyozli davr mavjud.
Avvalroq Vengriya bilan demokratik me’yorlarga rioya qiliş böyiça mojaroda YeI mamlakatlari elçilari YeI kengaşiga bu mamlakatga Yevropa budjetidan 6,3 milliard yevro tölaşni töxtatib qöyişni tavsiya qilgandi.
Bu tavsiyanoma Yevropa Ittifoqi mamlakatlari doimiy vakillari qömitasi zarur çoralarni köriş uçun zarur köpçilik ovozni olganligini anglatadi, deb xabar berdi YeI kengaşi 13 dekabr, seşanbaga ötar keçasi.
Şunday qilib, Yevropa davlatlari Yevropa komissiyasi ilgari taklif qilganidek, unçalik katta bölmagan tölovlarni muzlatiş tarafdori böldi.
Politico’ning qayd etişiça, Yevropa Ittifoqi elçilari Vengriyadagi muzlatilgan mablağlar miqdorini kamaytiriş evaziga mamlakatning bir qator muhim masalalar, jumladan, Ukrainaga 18 milliard yevrolik moliyaviy yordam paketini tasdiqlaş böyiça vetosini olib taşlaş evaziga kelişib olgan.

















