Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayoni Nukusda emas, Buxoroda o‘tayotgani Qoraqalpog‘istondagi tergov hibsxonasidagi ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Bu haqda Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil komissiyaning ochiq murojaatiga qaytargan javobida ma’lum qilingan.
«Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 2-sonli Tergov hibsxonasida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli bu yerda saqlanayotgan mahbuslar yaqin viloyatlarda joylashgan Tergov hibsxonalariga taqsimot asosida ko‘chirilgan. Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston hodisalari bo‘yicha ayblangan shaxslar Buxoro viloyatidagi 4-sonli Tergov hibsxonasida saqlanayotganligi sababli sud majlisi Buxoro viloyat sudi binosida o‘tkazilmoqda», deyiladi Bosh prokuraturaning rasmiy ma’lumotida.
Bosh prokuratura sud jarayoni uchun sudya qanday tayinlangani bo‘yicha ham izoh bergan.
«Sudlarga kelib tushgan jinoyat ishlari Oliy sudning E-Sud axborot tizimi tomonidan ish yuklamasidan kelib chiqib, sudyalar o‘rtasida taqsimlanadi. Mazkur jinoyat ishi ham dastur tomonidan inson omilini istisno etgan holda Ye.Abibullayevga taqsimlangan», deya ta’kidlangan Bosh prokuratura axborotida.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Qonunchilik palatasi va Senat Qoraqalpog‘iston voqealari yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish uchun Mustaqil komissiya tuzilgan, unga ombudsman Feruza Eshmatova rahbarlik qilishini xabar qilingandi.
28 noyabr kuni Nukus voqealari bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlangandi. Bosh prokuratura yana 39 kishiga daxldor ikkinchi jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlanayotganini, Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda jami 171 kishi ayblanyotganini ma’lum qilgan.
Bosh prokuraturaga ko‘ra
















