Rossiyaning Rostov viloyatida noma’lum partizanlar temiryöl relslarini portlatib yubordi. Bu haqdagi videolar «Rospartizan» va «Svoboda Rossii» telegram kanallarida tarqatildi. 

Temiryölning uşbu qismidan harbiy texnikalar Ukraina bilan çegaradoş uruş hududlariga taşilgan. 

Xabarda buni «Legion» a’zolari amalga oşirgani va ular «mamlakatning turli hududlarida temiryöl izlarini buzişda» davom etişi aytilgan.  

Avvalroq, aynan şu video BOAK telegram kanalida ham tarqatilgan, unda partizanlar Ukraina bilan çegaradoş hududlarda temiryölni portlatib yuborgani aytilgan, biroq, hududning nomi keltirilmagan edi. 

Uruş boşlangandan beri Rossiyaning turli mintaqalarida temiryöllar izdan çiqarilgani yoki elektr uzatiş ustunlari buzilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu partizan guruhlari tomonlaridan amalga oşirilayotgani, ular Ukrainadagi uruşga qarşi bölib, Rossiyaning uruş olib borişiga yöl qöymaslik uçun şunday qilişayotgani aytilmoqda. 

Noyabr oyida 18 yoşli «partizan» Ilya Podkamenniy Irkutskda mis simlarni relslarga örab, poyezdlar harakatini buzişni rejalaştirgani uçun hibsga olingan edi. Bir oy oldin, Bryansk viloyatida noma’lum şaxslar temiryölni portlatib yubordi. Gubernator bunda portlovçi qurilma işlatilganini aytdi. Bungaça mintaqada temiryölga yaqin joylaşgan ikkita elektr uzatiş ustuni portlatilgan edi.