O‘zbekiston | 08:18 / 15.12.2022
4037
2 daqiqa o‘qiladi

Shirkatlar elektr korxonalaridan qancha qarzdor ekani ma’lum qilindi

Foto: Kun.uz

“Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish organlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Prezidentning “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022 yil 1 sentabrga qadar muammoli kreditor qarzdorliklari mavjud har bir uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruv usulini o‘zgartirish bo‘yicha uy-joy mulkdorlari umumiy yig‘ilishi qarori qabul qilingan taqdirda ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklifiga rozilik berilgan.

Ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari shirkatlari hisobdan chiqariladigan hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi 79,7 mlrd so‘m miqdoridagi mavjud qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalar hududlar kesimidagi taqsimoti ma’lumot uchun qabul qilinadi.

Bunda, ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari shirkatlari 2022 yil 1 iyun holatiga hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi elektr energiyasidan qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan solishtirma dalolatnomalar asosida mos ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va xarid qilinishi bo‘yicha ketma-ketlik asosida ishtirok etuvchi korxonalar hisobidan chiqarib tashlanadi.

Energetika vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda qarorda nazarda tutilgan vazifalar sifatli va o‘z muddatida amalga oshirilishi yuzasidan qat’iy choralar ko‘radi.

Mavzuga oid