“Strategik obektlarga qilingan hujumlarni bartaraf etish maqsadida qurol qo‘llangan” - Bosh prokuratura
Qayd etilishicha, namoyishchilarga nisbatan o‘qotar qurol va maxsus vositalar qo‘llangani alohida tergov qilinmoqda.

Foto: KUN.UZ
Qoraqalpog‘iston voqealarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan namoyishchilarga qarshi qurol qo‘llangani holati bo‘yicha alohida jinoyat ishi ochilgan. Bu haqda Bosh prokuraturaning Mustaqil parlament komissiyasi savollariga javoban taqdim etgan axborotida so‘z boradi.
“Ommaviy tartibsizliklar vaqtida o‘qotar qurol va maxsus vositalar asosan 01.07.2022 yilda Jo‘qorg‘i kenges ma’muriy binosi, 02.07.2022 yilda Nukus shahar IIO FMB va aeroport binosi oldida mazkur strategik obektlarga amalga oshirilgan hujumlarni bartaraf etish maqsadida qo‘llangan”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Bosh prokuratura jamoatchilikni xavotirga solayotgan ushbu holatlar, xususan, o‘qotar qurol va maxsus vositalar qo‘llanishining qonuniyligi yuzasidan alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom ettirilayotgani, tergov yakuniga ko‘ra, ushbu holatlarga huquqiy baho berilishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, rasmiy axborotda ommaviy tartibsizliklarni yuzaga keltirishda ayblanayotgan fuqarolarning huquq-tartibot organlari xodimlarining o‘limida aybdorligi masalasiga ham to‘xtalingan.
“Mazkur jinoyat ishi doirasida sudlanayotgan shaxslarning aybdorlik masalalari ular tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlari uchun sudda isbotlangan dalillarga ko‘ra, sud hukmiga asosan hal etiladi”, deyiladi idoraning Milliy komissiyaga taqdim etgan axborotida.
Eslatib o‘tamiz, 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklar kuzatilgandi.
Iyul oyida Qonunchilik palatasi va Senat Qoraqalpog‘iston voqealari yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish uchun Mustaqil komissiya tuzgan, ombudsman Feruza Eshmatova rahbarlik qilayotgan komissiya a’zolari 15 avgust kunidan yana ish boshlagandi.
28 noyabr kuni Nukus voqealari bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlangan, Bosh prokuratura yana 39 kishiga daxldor ikkinchi jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlanayotganini, Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda jami 171 kishi ayblanayotganini ma’lum qilgan.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, namoyishlar vaqtida hamda aybdorlarni qo‘lga olish jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari xizmat vakolatidan chetga chiqib, zaruriyatsiz kuch va vositalarni ishlatgani, fuqarolarga qurol yoki boshqa maxsus vositalar qo‘llagani tasdig‘ini topgan taqdirda, ular javobgarlikka tortiladi.
Bundan tashqari, ommaviy tartibsizliklar chog‘ida 2 nafar fuqaroning vafoti holati yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida prokuratura idoralari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan. Tergov yakuniga ko‘ra, aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan qonuniy qarorlar qabul qilinishi ta’minlanadi.
Nukus voqealari paytida vafot etgan 19 nafar shaxsning ro‘yxati va vafot etish sabablari (qiynoqdan, o‘qotar quroldan va maxsus vositalardan vafot etgani) ochiqlanadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

22:01 / 25.01.2025
Qoraqalpog‘iston va Andijonda pul evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

17:49 / 09.01.2025