FAO Osiyo davlatlarida aholi ko‘proq kaloriyali oziq-ovqat iste’mol qila boshlaganini ma’lum qildi
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) yillik statistika hisobotini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» «BMT yangiliklari» markazi manbasiga tayangan holda.
E’lon qilingan hujjatda qishloq xo‘jaligi sohasida bandlik statistikasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, o‘g‘itlar va pestitsidlar savdosi, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi omillari ta’siri aks ettirilgan. Unda oziq-ovqat xavfsizligi darajasini ko‘rsatadigan ma’lumotlar ham mavjud.
Hisobotda odamlar ko‘proq kaloriyali oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qila boshlagani, so‘nggi yigirma yil ichida bu ko‘rsatkich Osiyo mamlakatlarida oshgani alohida qayd etilgan.
Kundalik ovqatlanish o‘rtacha energiya qiymati odam boshiga kuniga deyarli uch ming kaloriyani, Yevropa va Shimoliy Amerikada esa kuniga uch yarim ming kaloriyani tashkil etadi.
Mavzuga oid
11:31 / 18.11.2024
Xitoy O‘zbekistonda oziq-ovqat va asbob-uskunalar ishlab chiqarish masalasini ko‘rib chiqyapti
13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
17:13 / 01.11.2024
Prezident bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni buyurdi
10:59 / 20.10.2024