Guvohlar, jabrlanuvchilar va ekspertlarga mablag‘ to‘lash tartibi e’lon qilindi
“Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni to‘lash tartibi va ular miqdorlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Adliya vazirligi tomonidan tegishli mas’ul organlarga yuborilgan so‘rov xatlari bo‘yicha olingan statistik ma’lumotlar 2020-2021 yillar hamda 2022 yil I yarim yilligi davomida tarjimonlardan tashqari ishda ko‘maklashuvchi barcha shaxslarga xarajatlar to‘lab berilmayotganini tasdiqlagan.
Olingan ma’lumotlarga asosan tarjimonlarga 2020 yilda 14 mln so‘m, 2021 yilda 45,6 mln so‘m (13,6 mln so‘mi budjet mablag‘laridan) hamda 2022 yilning 1-yarmi davomida 40,9 mln so‘m (8 mln so‘mi budjet mablag‘laridan) miqdorida to‘lovlar to‘langan.
Loyiha bilan manfaatdor tomonlar o‘rtasida shartnomalar tuzilmagan hollarda ekspert va mutaxassisga bajargan ishi uchun soatiga bazaviy hisoblash miqdori 0, 20 koeffitsiyenti miqdorida (60 ming so‘m) haq to‘lanishi belgilanmoqda. Transport va turar joy uchun hamda kunlik xarajatlari qoplanishi nazarda tutilmoqda.
Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni to‘lash tartibi va ular miqdorlari to‘g‘risida nizom tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda.
Nizomda fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat, ma’muriy sud ishlari va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha chaqirilgan guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga doimiy yashash joyidan tashqaridagi ish o‘tkaziladigan joyga kelib ketish, turar joy, transport va kundalik xarajatlarni to‘lab berish holatlari, tartibi va ular miqdorini belgilash qoidalari belgilangan.
Ishda ko‘maklashuvchi shaxslarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar ish bo‘yicha xarajatlar va chiqimlar undirib olingan yoki olinmaganidan qat’i nazar to‘lanishi ko‘rsatilmoqda.
Doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilarga va ular qonuniy vakillariga, guvohlarga, xolislarga odatdagi mashg‘ulotlaridan qoldirilgani (chalg‘itganlik) uchun to‘lov miqdori aniqlash va to‘lashga oid qoidalar ham aks ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:39
-
AQSh Oliy sudi 350 000 venesuelalikning deportatsiya qilinishini ma’qulladi
Jahon | 10:24
-
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
O‘zbekiston | 10:12
-
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi
O‘zbekiston | 09:55
Mavzuga oid

07:50 / 17.12.2024
Har bir bankda chet eldan mablag‘ olib keladigan ishchi guruh tuziladi

20:56 / 30.10.2023
Jinoyat protsessining ayrim qatnashchilariga haq to‘lash tartibi belgilandi

15:06 / 20.04.2023
Yangilanayotgan Konstitutsiya xorijiy ekspertlar tomonidan baholandi

10:04 / 11.03.2023