Toşkent jamoat transporti bir neça oy kuçaytirilgan rejimda işlaydi va bu vaqt mobaynida içki işlar vaziri Pölat Bobojonovning nazoratida böladi. Bu topşiriq ijrosi yuzasidan Bobojonov, transport vaziri Ilhom Mahkamov bilan birga, 16 dekabr kuni Yunusobod tumanidagi 8-sonli avtobus saroyiga bordi.
IIV matbuot xizmati xabariga köra, ikki vazir boşliq işçi guruh avtobus saroyi va uning tasarrufidagi jamoat transportlarida yölovçilar uçun yaratilgan qulayliklar va muammolarni örganyapti.




Bu örganiş işlari – ikki vazirning öz taşabbusi emas. Ular prezident topşiriğidan keyin şaharda jamoat transporti qay ahvolda ekanini köçaga: bekatlarga va avtobusga çiqib, öz közi bilan körişiga töğri kelgan.
Şavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni 18-avtobus saroyiga borib, Toşkent jamoat transportidagi muammolarni tanqid qilgan edi. Davlat rahbari avtobuslar soni kamligi, yölovçilar bekatlarda uzoq kutib qolayotganini aytgandi. Şu kuni prezident topşiriği bilan bahorgaça şaharga mingta yangi avtobus olib kelinadigan böldi, “Toşşahartransxizmat” tizimidagi avtobus haydovçilarining maoşi 5-6 million sömga yetkazildi.
14 dekabr kuni şahat transport boşqarmasida majlis ötkazildi. Unda 7-, 8- va 18-sonli avtobus saroylari Içki işlar vazirligiga biriktirildi, vazirlikka tegişli 30 ta Isuzu avtobusi yönalişlarga çiqarildi. Lekin Isuzu avtobuslari nogironligi bölgan va jismoniy harakatlanişi çeklangan şaxslar uçun möljallanmagan. Vaholanki, bunaqa avtobuslarni şahar jamoat transportiga qöyiş prezident farmoniga asosan 2018 yil 1 martdan taqiqlangan.

















