13 dekabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev «Toşşahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 18-avtobus saroyida bölib, jamoat transporti muammolarini keskin tanqid qilgan, mas’ullarga bir qança körsatmalar bergandi. Jumladan, mart oyiga qadar mingta katta siğimli avtobuslar olib kelinişi kerakligi aytilgandi.

Şundan söng, prezident topşiriği bilan tizimdagi muammolarni bartaraf etiş, aholiga qulay transport xizmati körsatişni taşkil etiş böyiça idoralararo tezkor ştab tuzildi.

Toşkent şahar transport boş boşqarmasining 15 dekabrdagi xabariga köra, 14 dekabr kuni tezkor ştab yiğilişi ötkazilgan, unda mavjud yönalişlar inventarizatsiyasi ötkazilib, yönalişlar böylab yölovçilar oqimi şakllanişi, harakatlanuvçi tarkiblarning texnik holati va haydovçilarning mavjudligi örganilgan.

«Tasdiqlangan yönaliş hujjatlariga muvofiq, avtobuslarning harakatlaniş intervallarini qisqartiriş va körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş maqsadida texnik nosoz holatda bölgan avtobuslarni yaroqli holga keltiriş çoralari körildi», – deyiladi boş boşqarma xabarida.

14 dekabr kuni qöşimça 20 dona MAN A22 rusumli yuqori siğimli avtobuslar, 15 dekabr kuni esa yana 100 dona Isuzu (SAZ HC40) avtobuslari olib kelingan.

Holbuki prezidentning 2017 yil 1 dekabrda qabul qilingan PF-5270-son farmoni bilan 2018 yil 1 martdan nogironligi bölgan şaxslarga moslaştirilmagan şahar yölovçi transporti vositalarini sotib oliş taqiqlanişi belgilab qöyilgandi. Ma’lumotlarga köra, Isuzu nogironligi bölgan şaxslarga moslaştirilmagan.