Surxondaryoda bir qator tuman ETK boşliqlari, tuman gaz ta’minoti bölimi hamda kömir tarqatişga mas’ul bölgan mutasaddilarga jinoyat işlari qözğatilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzrabot TETK boşliği A.Q. va boşqalar yuridik şaxsning elektr energiyasidan 263 mln 707 ming sömlik tölov muddati ötgan debitorlik qarzi bölsa-da, iste’molçini elektr energiya tarmoğidan uzmasdan, qarzdorlikni undiriş çoralarini körmasdan jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazilişiga sababçi bölganlikda gumonlanyapti.
Şerobod TETK boşliği Q.K. mansab vakolatidan qasddan foydalanib, tumandagi 208 nafar yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan elektr energiyasidan foydalaniş qoidalarini buzgani holati yuzasidan rasmiylaştirilgan 487 mln sömlik dalolatnomalarni tegişli tartibda qonuniy çora köriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etmaganlikda gumonlanyapti.
Uzun TETK boşliği Ğ.A. va boşqalar mansab vakolatidan qasddan foydalanib, “Iskandar Turdialiyev”, “Nurafşon”, “Agro Omad” fermer xöjaliklari elektr tarmoqlaridan noqonuniy foydalanişi oqibatida jami 140 mln 832 ming sömlik zarar yetkazilganini aniqlagan bölsa-da, yetkazilgan moddiy zarar örnini qoplaş çoralarini körmagani aytilmoqda. Ular 2022 yil 1 dekabr holatiga, ularning 2 mlrd 638 mln söm qarzi bölsa-da, elektr energiyasi tarmoğidan uzmasdan jamiyat va davlat manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazilişiga sababçi bölganlikda gumonlanyapti.
Qiziriq TETK boşliği örinbosari X.J. mansab vakolatidan foydalanib, “Yevroaziya şifer” MÇJga qaraşli ğişt zavodi elektr tarmoqlaridan noqonuniy foydalanişi oqibatida 474 mln 831 ming söm zarar yetkazilganini aniqlagan bölsa-da, zararni qoplaş çoralarini körmaganlikda gumonlanmoqda. U 2022 yil 1 dekabr holatiga, korxonaning 3 mlrd sömdan oşiq qarzdorligi bölsa-da, uni tarmoqdan uzmay, jamiyat va davlat manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazilişiga sababçi bölgan bölişi mumkin.
Sariosiyo TETKning texnik hisobçisi I.I. tumanning Gulobod mahallasida yaşovçi fuqaro F.ning xonadonida aniqlangan tarmoqqa noqonuniy ulaniş holati böyiça tuzilgan dalolatnomalarni hisobga olmaslik uçun undan 2 mln söm talab qilib, pullarni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Muzrabot tumani kömir omborxona mudiri















