Turkiyada Yevropadagi eng yirik gaz ombori ishga tushirildi
Mamlakat hukumati energiya inqirozining oldini olish choralarini ko‘rmoqda.

Foto: AP
Turkiyaning Istanbul shahri yaqinida joylashgan Silivri yerosti gaz ombori sig‘imi 4,6 milliard kub metrga, sutkalik gaz yetkazib berish imkoniyati esa 75 million kub metrga yetkazildi. Bu uni Yevropadagi eng yirik gaz omboriga aylantirdi.
Bundan oldin Silivri 3,2 milliard kub metr sig‘imga va gaz taqsimlash tizimiga kuniga 28 million kub metr gaz yetkazib berish imkoniyatiga ega edi.
«Silivri bugungi kunda Yevropadagi eng katta gaz omboriga aylandi», dedi Turkiya prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yerosti gaz omborini kengaytirish loyihasini yakunlash marosimida so‘zlagan nutqida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Silivri gaz ombori salohiyati moviy yoqilg‘iga bo‘lgan yillik ehtiyojning 8 foizini qoplash imkonini beradi.
«Tizimga yuklama eng katta bo‘lgan davrlarda Silivri gaz ombori mamlakatimiz ichki ehtiyojining chorak qismini qoplay oladi», deb davom etdi Turkiya rahbari.
Turkiyaning energetika konsepsiyasida 2053 yilga borib, tashqi manbalarga qaramlikni 71 foizdan 13 foizga kamaytirish nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin prezident ekan harbiy jinoyatlar uchun sirtdan sud qilinmaydi - Euronews
Jahon | 05:20
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
Mavzuga oid

15:43 / 25.03.2025
Turkiyada Erdo‘g‘an erasi va Imomo‘g‘li omili – siyosatshunoslar nigohida

09:34 / 25.03.2025
Turkiyadagi namoyishlar: 1100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

20:30 / 24.03.2025
«Ular Erdo‘g‘anga „yetar“ deyishdi». Turkiyada Imomo‘g‘li qo‘lga olinishi ortidan nimalar bo‘lmoqda?

09:31 / 24.03.2025