Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud sovet davri qatag‘oni qurbonlari bo‘lgan 173 kishini oqlashga oid ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqadi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sovet davrida qatag‘on qilingan va reabilitatsiya qilinmay qolgan navbatdagi shaxslarga oid jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqadi.
Oliy sud matbuot xizmatining xabari ko‘ra, Respublika ishchi guruhi tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, ayrim sabablarga ko‘ra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatag‘on qurbonlari nomlarini oqlash yuzasidan takliflar kiritilgan.
Ushbu takliflar Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ochiq sud majlislarida 2022 yil 19 dekabr kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida (Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 1-uy manzilida) mustabid sovet tuzumi davrida qatag‘on qurboni bo‘lgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan 173 nafar shaxsga oid jinoyat ishlari apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi «Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishiga muvofiq Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ular xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tashkil etilgan edi.
Ochiq sud majlislariga barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar taklif etilmoqda.
Yil boshida Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova tomonidan kiritilgan protestlarga asosan Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida 6ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgani, yakunda jami 120 nafar shaxs harakatlarida jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan oqlangan e’lon qilingan edi.
Mavzuga oid
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
21:08 / 22.06.2026
Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart - Saida Mirziyoyeva
20:11 / 18.06.2026
Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etiladi
19:00 / 19.05.2026