Manuel Noyyer, Germaniya

Manuel Noyyer va Tomas Myuller uçun bu sönggi mundial bölib qoladi
FOTO: ALEXANDER HASSENSTEIN/GETTY IMAGES

Bu turnirda top-darvozabonlarga yetarliça savollar tuğildi: masalan, Kurtua, Mendi va Şmeyhel öz darajasidagi öyinni namoyiş etmadi, ammo Noyyer ulardan ham yomonroq körindi. Nemislar jamoasi posboni Yaponiya va Kosta-Rikaga qarşi öyinlarda törtta gol ötkazib yubordi, holbuki turnirdan oldin köpçilik bu öyinlarda jamoa darvoza daxlsiz qolişini kutgandi. Bundan taşqari, bu epizodlarning har birida Noyyerning ham aybi bor edi, kostarikaliklarning birinçi golida esa — yuz foizga u aybdor edi. Guruhdagi uç öyinda Manuel öz darvozasidan beş bor gol olib çiqdi, holbuki raqiblarning xG böyiça birgalikdagi körsatkiçi (kutilgan gol) 3,4 golni taşkil etgandi. Noyyerning yomon öyini uning jamoadagi maqomiga salbiy ta’sirni kuçaytiradi — terma jamoalar muvaffaqiyatsizligida hamişa sardorlar ham aybdor qilinadi. Qatarga Noyyer 36 yoşida keldi, keyingi jahon çempionatiga esa Germaniya boşqa darvozabon bilan boradi.

Yoakim Mele, Daniya

Foto: AFP

Daniyaliklarni ham, nemislar kabi, barça jahon çempionati pley-offida kutgandi. «Atalanta»ning tezkor qanot himoyaçisi Yoakim Meledan esa Yevro-2020 turnirida bölgani kabi yorqin şou kutişgandi: öşanda u ikki gol urib, bir golga uzatma bergan va fantastik darajadagi foydali öyini bilan butun Yevropani öziga lol qilgandi. Ammo u bu safar nursiz öyin körsatgan Daniya jamoasida ham ajralib turmadi.

Yan Vertongen, Belgiya

Foto: AFP

Belgiya milliy jamoasi töliq tarkib bilan JÇ-2022 turnirida hafsalani pir qilgan jamoalardan biri böldi. Ammo 35 yoşli Vertongen şunday jamoada ham özining sekin harakatlari va pozitsion xatolari bilan ajralib turdi. Miş-mişlarga köra, «Anderleht» himoyaçisi Marokaşdan uçralgan mağlubiyatdan keyin kiyim almaştiriş xonasida jamoadoşlari bilan muştlaşib ketgan. Agar bu töğri bölsa, Vertongen yanada köproq hafsalani pir qiladi — axir faxriy futbolçilar şusiz ham yomon muhitni yomonlaştirmasdan, jamoaning boşqa a’zolarini tinçlantirişi kerak edi. 35 yoşli himoyaçi uçun bu faoliyatidagi sönggi jahon çempionati bölib qoldi.