Rossiya va Belarus oligarxlari va kompaniyalari Lyuksemburgdagi Yevropa sudida Yevropa Ittifoqining ularga qarşi sanksiyalariga qarşi çiqişmoqda. Germaniyaning Bild gazetasi 17 dekabr, şanba kungi sonida Bryussel tomonidan qora röyxatga kiritilgan şaxslar va kompaniyalarning YeI oliy sudida hozirda 61 ta da’vo arizasi körib çiqilayotgani töğrisida ma’lum qildi. 

Yevropa sudi saytida e’lon qilingan hujjatlarga köra, ikki oligarx – Grigoriy Berezkin va Gennadiy Timçenko, masalan, özlariga yetkazilgan «nomoddiy zarar» uçun tovon puli berilişini talab qilmoqda. YeSN kompaniyalar guruhiga egalik qiluvçi multimilliarder Berezkin öz şikoyatida «obrösiga jiddiy zarar yetganini» va Ukrainadagi voqealarga aloqasi yöqligini, şuningdek, Rossiya hukumatini qöllab-quvvatlamasligini da’vo qilmoqda. Nomoddiy zarar uçun kompensatsiya sifatida u ramziy bir yevro talab qildi. Ayni paytda, Şveytsariyada yaşovçi Timçenko «Rossiya» bankining asosiy aksiyadori va Vladimir Putinning yaqin dösti bölib, prezident bilan ba’zan hatto hokkey ham öynab turardi. U 1 million yevro tölanişini talab qilmoqda. Uning fikriça, Yevropa Ittifoqi rasmiylari uning Putin bilan munosabatlarini baholaşda yaqqol xatoga yöl qöygan. 

Sud hujjatlariga köra, da’vogarlar röyxatiga Ğarbda taniqli bölgan boşqa oligarxlar, jumladan, Londonning «Çelsi» futbol klubi sobiq egasi Roman Abramoviç va «Alfa-Grupp» moliyaviy guruhi rahbari Mixail Fridman kiradi. Abramoviç ham Timçenko kabi «ma’naviy zararni qoplaş uçun» 1 million yevro talab qilmoqda. Agar Abramoviçning da’vosi qanoatlantirilsa, bu mablağ uruş qurbonlariga yordam beriş uçun «Çelsi» FKni sotişdan tuşgan mablağlar hisobidan u yaratgan xayriya jamğarmasiga yuboriladi. Rossiyalik milliarder Alişer Usmonov ham sanksiyalar röyxatidan istisno berilişiga uringan, biroq Yevropa sudi uning talablarini qondirişdan boş tortgan.