Yevrokomissiya monopoliyaga qarşi nuqtayi nazardan, Germaniya hukumati tomonidan Securing Energy for Europe GmbH (Sefe)xoldingini milliylaştirişni ma’qulladi - u ilgari Gazprom Germania deb atalgan "Gazprom" şu’basi bölgan. Bu haqda dpa agentligi 16 dekabr, juma kuni xabar berdi.

Rejalaştirilgan milliylaştiriş monopoliyaga qarşi qonunlar nuqtayi nazaridan zararsizdir, deya ma’lum qildi Yevrokomissiya. Avvalroq Bryussel Sefe uçun 225,6 million yevro miqdoridagi yordam çoralarini ma’qullagan edi. Bu Federal tarmoqlar agentligi (BNetzA) tomonidan boşqariladigan kompaniyani egallaş yölidagi muhim qadam böldi.

YeK ma’lumotlariga köra, bu çora yengillaştirilgan subsidiya qoidalariga mos keladi, unga köra energiya inqirozida bölgan kompaniyalar xususiy pul yetarli bölmasa, davlat yordamini olişlari mumkin. Germaniya gaz ta’minoti bozorining 14 foizini va Germaniyaning gaz saqlaş siğimining 28 foizini taşkil etuvçi Sefe öta muhim energiya kompaniyasidir, deya tuşuntirdi YeK.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan keyin Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Germaniyaning Gazprom Germania kompaniyasiga egalik qilmasligini e’lon qilib, aktivlarini sanksiyalardan çiqariş uçun unçalik taniqli bölmagan kompaniyaga topşirdi.

Germaniya hukumati, öz navbatida, aprel oyi boşida mamlakatning gaz ta’minotini ta’minlaş maqsadida BNetzA'ni kompaniyaning işonçli vakili etib tayinladi. Uşbu qadamga javoban Kreml «Gazprom»ning sobiq şu’basiga qarşi sanksiyalar kiritdi va u bilan bitim tuzişni taqiqladi. Iyul oyi örtalarida federal hukumat Sefe'ga bankrot bölişining oldini oliş uçun köp milliard dollarlik yordam ajratdi.