Prezident Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi seşanba kuni — 20 dekabrda bölişi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist, siyosiy şarhlovçi Xayrulla Nuritdinov «Menimça» körsatuvining navbatdagi sonida aytib ötdi.
«Mamlakat taraqqiyotining eng muhim, ustuvor vazifalari e’lon qilinadigan yillik murojaatnoma seşanba kuni bölişi kutilmoqda. Öşa kuni bizni juda köp yangilik kutmoqda, menimça», dedi jurnalist.
Şavkat Mirziyoyev ilk bor 2017 yil 22 dekabrida parlamentga murojaat qilgandi.
Odatda jonli efirda namoyiş etiladigan bunday murojaatlarda mamlakat rahbari yakunlanayotgan yilni sarhisob qilib, kelgusi yil uçun qator taşabbuslarni belgilab beradi.
Davlat rahbarining parlamentga murojaati oxirgi bor 2020 yil 29 dekabrida bölgandi. Öşanda davlat rahbari 2021 yil nomini ma’lum qilib, mamlakatni yanada rivojlantirişga qaratilgan eng muhim vazifalar, içki va taşqi siyosatga doir ustuvor yönalişlarni belgilab bergandi.

















