Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati ma’lumotida maqolalarda Movarounnahr hududidan çiqqan buyuk muhaddis allomalarning hadis ilmi borasidagi boy ilmiy-ma’naviy tajribasi islom sivilizatsiyasi rivojiga munosib hissa qöşgani e’tirof etilgani qayd etiladi.
«Islom tarixi buyuk alloma va mutafakkirlarga boy. Islom kutubxonasini turli ilmlar bilan boyitgan olimlarning aksariyatini Osiyo qit’asining daryodan narigi tomonidagi mamlakatlaridan topamiz.
Bugungi kunda Özbekiston davlati öz mamlakatida jahon sivilizatsiyasi va ilmiy taraqqiyoti hamda islom ilmlari rivojiga hissa qöşgan muhaddislar, tarjimonlar, ilohiyotşunos va huquqşunoslar hayoti va qoldirgan merosini ilmiy tadqiq etiş yöli bilan örganişga kirişgan», deyilgan Cairo 24.com elektron naşrida «Ilk marotaba... Sahihi Buxoriyning özbek tiliga tarjimasi» nomi ostida çop etilgan maqolada.
Maqolada «Sahihi Buxoriy» asariga özbek tilida berilgan şarhning xususiyatli jihatlariga keng örin berilgan.
elbalad.news saytidagi «Qur’ondan keyingi eng muqaddas kitob. «Sahih al-Buxoriy»ning özbek tiliga ilk bor tarjimasi» nomli maqolada uşbu köp jildli şarh dunyo ulamolari bilan hamnafas böliş, özbek xalqining «Sahih al-Buxoriy» tadqiqiga hissasi borligini isbotlaş maqsadida yaratilgani ta’kidlangan.
«Al-Azhar ovozi» gazetasi e’lon qilgan «Yangi naşr. «Sahih al-Buxoriy»ning özbek tilida batafsil izohi» nomli maqolada özbek tilida taqdim etilgan mazkur naşr hadis ilmi borasidagi bilimlarni yanada mustahkamlaş hamda Imom Buxoriyning boy ma’naviy merosini tölaroq anglaşga asos bölib xizmat qilişiga urğu berilgan.

Maqolalarning barçasida Özbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Şovosil Ziyodov hamda Markaz direktori örinbosari Otabek Muhammadiyevning yangi naşr yuzasidan bildirgan fikrlaridan iqtiboslar keltirilgan.











