Özbekiston elçixonasi tomonidan Koreya-Özbekiston işbilarmonlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda Inçhon şahri vitse-meri Li Xen Suk boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrifi taşkil qilinyapti, deb xabar berdi «Dunyo».

Taşrif davomida Inçhon şahri ma’muriyati vakillari Farğona viloyati hokimligi bilan döstona munosabatlar töğrisida şartnoma imzolaşni rejalaştirmoqda. Unda özaro hamkorlikni kengaytiriş böyiça turli jihatlar, Inçhon şahri va Farğona viloyati örtasida töğridan töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş ham nazarda tutilgan.

Janubiy Koreya delegatsiyasi mamlakatlar örtasida diplomatiya munosabatlari örnatilgani 30 yilligi munosabati bilan Eurasia Networks Group kompaniyasi kömagida Özbekistonda istiqomat qilayotgan koreys diasporasi 85 yilligi munosabati bilan taşkil etiladigan Koreya estrada orkestri Özbekistondagi konsertida qatnaşadi.