O‘zbekiston | 12:11 / 20.12.2022
2097
1 daqiqa o‘qiladi

Bog‘chalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha dastur qabul qilinadi 

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi bo‘lib o‘tyapti.

Foto: Kun.uz

Yig‘ilishda 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu maqsadda 2023 yildan boshlab yangi dastur amalga oshiriladi.

Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta’lim standartlari joriy etiladi.

Kimyo sanoati, elektrotexnika, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinadi.

"Bu tizim bizda hozirgacha bo‘lmagan. Lo‘nda aytganda, yangi zamon injyenerlari tayyorlash tizimini yaratamiz", - dedi Prezident.

Bog‘chalar sonini ko‘paytirish, ulardagi ta’lim va tarbiya sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi. Bog‘cha qamrovini kengaytirish bo‘yicha xususiy sektorga qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi.

Mavzuga oid