Germaniyada sanksiyalarni amalga oşiriş doirasida muzlatilgan Rossiya aktivlari hajmi 5,046 milliard yevroga yetdi, deb xabar berdi federal hukumat Bundestagning Söl partiyadan a’zosi Kristian Gyorkening söroviga javoban. Bu haqda dpa agentligi 19 dekabr, duşanba kuni yozmoqda.
Bu mablağning 2,2 milliard yevrosi nemis banklari tomonidan Germaniya federal bankiga (Bundesbank) berilgan xabarlardagi mablağlar hisobidan töğri keladi. Yana 1,1 milliard «köçar mulk»dir. Federal hukumat boşqa tafsilotlarni keltirmadi. Javobdan körinib turibdiki, bir neça oy davomida rossiyalik şaxslar va kompaniyalar Germaniyada aktivlari mavjudligi haqida deyarli xabar bermagan.
Iyun oyida Rossiyaning Germaniyadagi muzlatilgan aktivlari hajmi 4,48 milliard yevroni taşkil qildi. Gyorkening sözlariga köra, sanksiyalar ostida qolgan rossiyaliklar köpinça Germaniyadagi tergovçilar «qoronğilikda sarson bölib, qidirib yuribdi» deb öylaydi, bu mamlakatda yer kadastrlari raqamlaştirilmagani va hukumat xodimlarining yetişmasligi bilan boğliq. «Putinning hokimiyat doirasidan foyda körayotganlarga zarba beriş uçun oligarxlarga nisbatan sanksiyalarni kuçaytiriş vaqti keldi», - deya izoh berdi Gyorke hukumatning javobiga.
May oyida Germaniya çeklov çoralariga rioya etilişini nazorat qiluvçi turli idoralar örtasida hamkorlik va axborot almaşişni ta’minlaşga qaratilgan sanksiyalarni qöllaş töğrisidagi qonunni qabul qildi. Qonun sanksiya ostidagi kompaniyalar va jismoniy şaxslarni öz mol-mulki töğrisida Germaniya rasmiylariga hisobot berişga majbur qiladi. Qoidabuzarliklar jarima yoki bir yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Qonun şuningdek, moliyaviy operatsiyalarni tekşiriş böyiça markaziy idora (Financial Intelligence Unit, FIU) va Bundesbank kabi qator idoralarning vakolatlarini kengaytirdi. Endilikda ularning xodimlari firmalarning kvartiralari va binolarida tintuv ötkazişlari, guvohlarni söroq qilişlari, hisobvaraqlar va qimmatli qoğozlar egalari töğrisidagi ma’lumotlarni banklardan söraşlari mumkin.
Avvalroq Germaniyaning Bild gazetasi Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxatiga kiritilgan rossiyalik va belaruslik şaxslar va kompaniyalarning 61 ta da’vosi Lyuksemburgdagi Yevropa sudida körib çiqilayotgani haqida xabar bergan edi.
Sanksiyalarga, jumladan, YeSN kompaniyalar guruhi egasi Grigoriy Berezkin e’tiroz bildiryapti, u sanksiyalar «obrösiga jiddiy zarar yetkazgani»ni aytmoqda hamda Ukrainaga bostirib kirişga aloqador emasligi, Rossiya hukumati bilan aloqalari yöqligini bildirmoqda. «Rossiya» bankining asosiy aksiyadori, Vladimir Putinning yaqin dösti Gennadiy Timçenko ham sudga murojaat qilib, Yevropa Ittifoqi rasmiylari uning Putin bilan munosabatlarini baholaşda xatoga yöl qöyganini ta’kidladi.

















