Prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida birinçi navbatda, e’tiborni Yangi Özbekiston uçun eng katta investitsiya bölgan ta’limni qöllab-quvvatlaşga qaratiş haqida gapirdi.
«Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda». Çunki, barça ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erişiladi.
Maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda öqituvçi kasbi nufuzini oşiriş, şaroitlarini yaxşilaş 2023 yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri böladi.
Öqituvçilarning maqomini, ularning şa’ni va qadr-qimmatini himoya qilişni Konstitutsiyada alohida belgilaş zarur, deb hisoblayman», — dedi prezident.
Öquvçilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlaşni, jamoad́a işlaş va muloqot könikmalarini şakllantiriş zarurligi ta’kidlandi.
«Mana, maktablarimizga qanday muhit kirib kelişi kerak!
Bu borada, prezident maktablarida 130 ta mamlakatda ma’qullangan “Ey-Level” ta’lim dasturi yölga qöyilgani, öz samarasini bermoqda.
2023 yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilişni boşlaymiz.
Milliy özligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bölgan ona tilimizga e’tibor yanada kuçaytiriladi.
Albatta, çet tilini biliş — zamon talabi. Ammo ona tilini bilişga majbur qiliş kerak.
“Mening farzandim çet tillarini biladiyu, ona tilini bilmaydi”, degan gap Yangi Özbekistonga ma’qul emas. Çet tilini bilişi kerak, lekin ona tilini bilişga majbur», — dedi davlat rahbari.
Kelasi yili 70 ta yangi maktab qurilişi, 460 tasi kengaytirilişi, xususiy investitsiyalar iştirokida 100 ta maktab quriş loyihalari boşlanişi, kelasi beş yilda ularning soni mingtaga yetkazilişi ma’lum qilindi.

















