Moldova Xavfsizlik kengaşi rahbari Aleksandr Mustyatse sözlariga köra, Rossiya 2023 yilda Moldovaga hujum qiliş rejasini tayyorlamoqda. Bu rejaning amalga oşirilişi Ukrainadagi harbiy mojaroning rivojlanişiga boğliq.
«Gap Rossiya Federatsiyasining Moldova Respublikasi hududiga bostirib kirişi emas, balki bu qaçon sodir bölişi haqida ketyapti: yil boşida – yanvar-fevralda yoki keyinroq – mart-aprelda. Bizda mavjud bölgan ma’lumotlarga qaraganda, Rossiya Federatsiyasi buni amalga oşiriş niyatida», — dedi Mustyatse TVR Moldova telekanaliga bergan intervyusida.
Moldova Xavfsizlik Kengaşi rahbarining fikriça, Rossiya uning davlatiga Dnestrböyi hududi orqali bostirib kiradi. Hujum Kolbasna qişloğidagi Yevropaning eng yirik öq-dorilar omboriga uyuştiriladi, u yerda 20 ming tonna öq-dori saqlanmoqda.
Mustyatse yaqinlaşib kelayotgan hujum haqida heç qanday dalil keltirmadi.

















