08:12 / 20.12.2022
9107

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Yana to‘rt kishi og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Videodan kadr

Hodisa 2022 yil 19 dekabr kuni soat 7:30 larda Termiz tumanida sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Termiz tumanida M-39 va M-41 yo‘llari kesishgan chorrahada Termiz-Denov yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia-3 va Nexia-1 mashinalari o‘zaro to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia-1 mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Nexia-1’ning yana uch nafar yo‘lovchisi hamda Nexia-3 mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, YTH sodir bo‘lishidan avvalroq elektr tarmoqlaridagi uzilish tufayli chorrahadagi svetofor o‘chib qolgan.

Shu paytda ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotgan Nexia-1 yo‘l belgilariga e’tibor bermagan va asosiy yo‘ldan kelayotgan Nexia-3 bilan to‘qnashgan.

Mavzuga oid
Top