2021 yil 6 yanvarda yuz bergan Kapitoliyga bostirib kiriş böyiça suriştiruv ötkazgan Vakillar palatasi qömitasi AQŞning sobiq prezidenti Donald Trampga tört modda böyiça ayblov qöyiş tavsiyasi bilan mamlakat Adliya vazirligiga murojaat qildi, deb xabar berdi 19 dekabr, duşanba kuni Reuters.
Qömita a’zolariga köra, Tramp rasmiy protseduraga tösqinlik qiliş, federal hukumatni aldaş maqsadida til biriktiriş, yolğon bayonotlar beriş va qurolli qözğolonga undaşda ayblanişi kerak.
«Qömita sobiq prezident Trampga Kapitoliyga zöravonlik bilan hujum uyuştirganlarga körsatgan yordami uçun jinoiy ayblovlar qöyişni tavsiya etiş uçun yetarliça dalillar mavjud deb hisoblaydi», dedi qömita a’zosi, Merilend ştatidan demokrat Jyeymi Raskin bayonotida. Mamlakat tarixida birinçi marta maxsus qömita sobiq prezidentga nisbatan jinoiy iş qözğatişni tavsiya qilmoqda, deya qayd etdi Reuters.
18 oylik suriştiruv davomida qömita mingdan ortiq guvohni söroq qildi va yuz minglab hujjatlarni töpladi, deya ta’kidlaydi Reuters. Kongress tavsiyasi Adliya vazirligini heç qanday çoralar körişga rasman majburlamaydi, deya ma’lum qilgan agentlik. Ayblov qöyiş töğrisidagi qaror prokurorlarda qoladi.
2021 yil yanvarida, öşa paytga qadar ötgan saylovlarda demokrat Jo Baydenga yutqazgan Trampning prezidentlik muddati tugaşiga ikki hafta qolganida, Oq uy rahbarining radikal tarafdorlari uning Vaşingtondagi mitingdagi nutqidan söng Kapitoliyga yöl olişdi.
Öşa paytda Senat va Vakillar palatasining qöşma majlisi iştirokçilari saylov natijalarini ma’qullayotgan bölgan. Namoyişçilar binoga bostirib kirişgan, Kongressdagi munozaralar bir neça soatga töxtatilgan, qonun çiqaruvçilar evakuatsiya qilingan. Politsiya hujum iştirokçilariga qarşi közdan yoş oqizuvçi gaz işlatgan, Milliy gvardiya Vaşingtonga yetib kelgan. Töqnaşuvda beş kişi halok böldi, ulardan biri politsiyaçi. Hukumat bir neça soatdan keyin yana Kongress binosini nazoratga oldi. Töpolonlardan söng 50 ga yaqin odam hibsga olingan, ularning ba’zilariga ayblov e’lon qilingan. Hujumning bir neça iştirokçisi turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilindi.

















