«Men ança murakkab mavzuni kötarişga majburman - harbiy qism yoki xizmat joyini ruxsatsiz tark etiş, dezertirlik, jang maydonini ruxsatsiz tark etiş yoki qurol işlatişdan boş tortiş, böysunmaslik va harbiy buyruqlarni bajarmaslik uçun javobgarlikni oşiriş. Men Ukraina Oliy radasi tomonidan qonunçilikka tegişli özgartirişlar kiritiş haqida qabul qilingan qarorni qöllab-quvvatlayman va prezidentdan qonunni imzolaşni sörayman. Mening fikrim uşbu kompleks masalalarni tizimli hal qilişni talab qilgan guruhlar va harbiy qismlar qömondonlarining pozitsiyasini aniq aks ettiradi», - deya yozgan Zalujniy.

Uning sözlariga köra, hozirda boş tortuvçilar jangovar tölovlarning ön foizigaça jarima tölaşlari mumkin, boşqa harbiy xizmatçilar esa frontning oçiq uçastkalarini yopişga majbur böladilar, bu esa şaxsiy tarkib, hududlar va tinç aholi orasida yöqotişlarning köpayişiga olib keladi. 

«Yöqotilgan pozitsiyalarni köpinça juda yuqori bahoga hujum qiliş orqali tiklaş kerak. Bunday bölmasligi kerak. Bu muammoga yumşoqroq tarzda yordam beriş mumkinmi? Tuşuntiriş, işontiriş kerakmi. Ha, agar gap tinçlik davri haqida ketayotgan bölganida. Uruş şaroitlarida tezkor samarali yeçimlar zarur», - dedi Zalujniy.

Bundan oldin Zalujniy frontdagi eng qaynoq nuqtalarni ma’lum qilgandi.

Duşman, Zalujniyning sözlariga köra, Belogorovka-Soledar-Baxmut-Mayorsk va Avdeyevka-Oprosnoye-Vodyanoye-Peski-Marinka-Pavlovka yönalişlarida eng faol hujumni amalga oşirmoqda.

Şu bilan birga, u, umuman olganda, «vaziyat barqaror va nazorat qilinişi mumkin» ekanligini ta’kidladi.