Rossiya taklif qilayotgan «gaz ittifoqi»ni taşkil etiş Qozoğistonga qanday şartlar qöyilişiga boğliq. Bu haqda Qozoğiston taşqi işlar vaziri örinbosari Almas Aydarov ma’lum qildi.
«Yevrosiyo integratsiyasi hukumatlararo va davlatlararo kelişuvlar bilan rasmiylaştirilgan hukumatlararo integratsiyadir. Gaz ittifoqini yaratiş Rossiya tomoni taklifi bölgan va hozirça u rasmiylaştirilmagan, biz Rossiya tomonidan bu qanday şaklda amalga oşirilişi haqida hozirça heç qanday tafsilot yoki taklif olganimiz yöq. Hozirça bu gaz savdosining ayrim jarayonlarini birlaştiriş ğoyasi xolos», — dedi Almas Aydarov.
Uning sözlariga köra, hammasi Qozoğistonga taklif qilinadigan şartlarga boğliq böladi.
«Hozirça gaz masalasida alohida tuzilma, taşkilot yoki davlatlararo ittifoq tuzişga hojat yöq. Bu şunçaki gaz ta’minoti va narxlarni tartibga soliş böyiça ğoya edi. Barça mamlakatlarda gaz taqçilligi bor, şuning uçun Rossiya tomoni şunday taklif bilan çiqdi», — deb tuşuntirdi Aydarov.
Rossiya, Qozoğiston va Özbekiston iştirokidagi «gaz ittifoqi» haqida birinçi marta Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev aytgan edi. Uning ta’kidlaşiça, bu taşabbus Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan çiqqan.
Özbekiston Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov «gaz ittifoqi» haqidagi savolga javoban, gap «allaqanday alyans, ittifoq haqida emas, balki import şartnomasi orqali gaz oliş» haqida ekanini aytdi.

















