Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida hibsga olingan şaxslarning huquqlari qöpol ravişda buzilayotgan holatlarga e’tibor qaratdi.
“Oxirgi paytlarda ayrim uşlab turiş joylarida inson huquqlari buzilişi böyiça oğriqli masalalar kötarilmoqda. Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bölişi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar böladi.
Şu bois, bunday joylarga olib kelingan barça şaxslarni hisobga olişning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni taniş uskunasi (Face ID) örnatiladi.
Heç kimning unutişga haqqi yöq – qonun talablari va inson huquqlari – biz uçun oliy qadriyat”, – dedi prezident.
Şavkat Mirziyoyev boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev va içki işlar vaziri Pölat Bobojonov bu haqiqatni har bir xodimiga yetkazib, ta’sirçan nazorat örnatişi şartligini ta’kidladi.

Davlat rahbari, şuningdek ilğor tajriba asosida ma’muriy sudlarning faoliyati yangi bosqiçga olib çiqilişini ma’lum qildi.
“Ma’muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bölib murojaat qilinganda, işlarni eksterritorial tartibda, ya’ni boşqa hududda ham köriş amaliyoti joriy qilinadi.
Vazirlar ham, hokimlar ham bir narsani yaxşi tuşunib olişi kerak. Özbekistonda mulk va investitsiyaning himoyaçisi qaysidir hokim yoki vazir emas, faqat Konstitutsiya, qonun va sud böladi, bundan keyin”, – deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, oxirgi oylarda IIV tizimidagi muassasalarda bir neça kişi vafot etdi. Xususan, 16 oktabr kuni Qöqondagi markazga olib kelingan 15 yaşar ösmir şu joyda vafot etgandi. Jamoatçilikning keskin e’tirozlaridan söng, IIB markazi rahbari va ikki xodimi işdan olindi, bir qança xodimlarga nisbatan intizomiy jazolar qöllandi.
Oktyabr oyida Samarqandda aliment tölamagani uçun ma’muriy tartibda qamoqqa olingan Raşid Boliyev uç kun ötib viloyat ruhiy kasalliklar şifoxonasida











