BBC Özbek xizmatiga intervyu bergan Şaripov içki işlar tizimidan norozilik şaxsiy sabablar tufayli emas, balki fuqarolik pozitsiyasi bilan boğliq ekanini aytadi.
«Tizimni isloh qiliş yölidagi işlar bir joyda depsinib turgani, ayniqsa, içki işlar binolaridan insonlarning murdasi çiqayotgani meni taşvişga soladi. Qöqondagi IIB muassasasida 15 yoşli bolaning öldirilişi bu yerga çiqişimda asosiy omil böldi», deydi jamoatçilik faoli.
U bunday holatlarda içki işlar vaziri şaxsan xalq bilan muloqot qilmayotgani sababli ham uning iste’fosini sörayotganini aytadi.
BBC naşri mahalliy jurnalistlar uçun içki işlar vaziri Pölat Bobojonov Özbekiston hukumatidagi matbuot uçun eng yopiq bölgan amaldorlardan ekanini qayd etgan.
«Tizim rahbarlarining jamoatçilik oldida mas’uliyat his qilmayotganining asosiy sabablaridan biri – odamlarning befarqligi. Odamlar talab qilmagani tufayli ham tizim rahbarlari noqonuniy xatti-harakat qilgan xodimlarni jazoga tortişni paysalga solmoqda», deydi Şaripov.
U jurnalistlar biror masala yuzasidan içki işlar vazirligidan munosabat söraganida, odatda «bunday holatlar bölib turadi», degan javob olinişi yoki IIV xodimlarini oqlaş holatlari bölişini eslatadi.
«Haqiqatan notöğri harakat bölibdi, biz bunday holatlardan taajjubdamiz, xodimlarga çora köramiz», deyiş yöq. Jurnalistlar betonga murojaat qilayotgandek bölib qolyapti. Natija bölmayotgani uçun ma’nan çarçaşyapti», — deydi jamoatçilik faoli.
«Gazeta.uz» bilan gaplaşgan Şokir Şaripov IIB binolarida fuqarolar ölayotgani bilan boğliq holatlar Pölat Bobojonovni bezovta qilmayotgani juda yomon signal ekanini aytadi.
«Normal amaldor tizimda bölayotgan dahşatli ölim voqealaridan keyin özi omma oldida uzr sörab, lavozimidan ketişi kerak. U tizimdan ketmayaptimi, demak, butun jamiyat kasal bölgan. Fuqarolarning IIB binolarida ölayotgani vazirni bezovta qilmayotgani bu — juda yomon signal. Bu signal tagida uzun zanjir yotibdi.
Vazir özini şunday tutyaptimi, demak, xalqqa nisbatan munosabati şunga yaraşa. Modomiki, u xalqqa şunday munosabat qilyaptimi, demak, uning atrofidagi muhit şunaqa. Şunday muhit şakllangan bölsa, bu kulfatlardan darakdir.
















