Publitsist va bloger Şokir Şaripov Özbekiston içki işlar vaziri Pölat Bobojonovning iste’fosini talab qilib, 22 noyabr kuni poytaxtda bir kişilik piket uyuştirgandi. U Qöqon şahar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazida 15 yoşli bolaning urib öldirilişi sabab piket ötkazişga qaror qilganini aytgan.

«Tizimni isloh qiliş yölidagi işlar bir joyda depsinib turgani, ayniqsa, içki işlar binolaridan insonlar murdasi çiqayotgani meni taşvişga soladi. Qöqondagi IIB muassasasida 15 yoşli bola öldirilişi bu yerga çiqişimda asosiy omil böldi», degandi jamoatçilik faoli.

U bunday holatlarda içki işlar vaziri şaxsan xalq bilan muloqot qilmayotgani sababli ham uning iste’fosini sörayotganini aytadi.

1 dekabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida vazirning matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov Pölat Bobojonov jamoatçilik öz iste’fosini talab qilayotgani, şu maqsadda ötkazilgan piketdan xabardor ekanini ta’kidladi.

«Vazirimizning özlari ham ijtimoiy tarmoqlarni doimiy ravişda kuzatib boradi. Biz vazirimizga bu böyiça [piket ötkazilgani haqida] aniq axborot berdik. “Bu odam bilan gaplaş, nima muammosi bor?” deb aniq topşiriq berdi.

Keyin BBC özbek xizmati muxbiri Avazbek bilan boğlandik. Jurnalistning aniq qanday savollari bölsa, şunga javob beraylik, uçraşaylik, dedik. Çunki blogerning BBC’ga bergan intervyusida aniq bir masala körsatilmagan. Faqatgina matbuot xizmati haqida gapirilgan.

Men hayron böldim, bu odamni ilgari tanimas ekanmiz. U Kun.uzʼning kolumnisti ekan. Buni menga Avazbek aytdi. Avazbekka bloger biz bilan boğlanişini ta’kidladim. U esa boğlab berişini aytdi. Lekin şu paytgaça bu odam biz bilan boğlanmadi, gaplaşmadi, aniq savol ham qöymadi», — dedi Ğiyosov.

BBC naşri içki işlar vaziri Pölat Bobojonov Özbekiston hukumatidagi matbuot va mahalliy jurnalistlar uçun eng yopiq bölgan amaldorlardan ekanini qayd etgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlar içki işlar vaziri nima uçun ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida matbuot anjumani ötkazmasligiga ham izoh söraşdi.