Ukrainaga qarşi davom etayotgan uruş fonida Rossiya Davlat dumasi uçinçi, yakuniy öqişda qöporuvçilik uçun umrbod qamoq jazosi töğrisidagi qonun loyihasini qabul qildi. «Diversiya faoliyatini rağbatlantiriş, yollaş yoki boşqa yöl bilan amalga oşiriş, şuningdek, qöporuvçilikni moliyalaştirganlik uçun umrbod qamoq jazosi beriladi», — deyiladi 21 dekabr, çorşanba kuni Rossiya parlamenti quyi palatasi saytida e’lon qilingan xabarda. 

Diversiya guruhini tuzganlar va qöporuvçilik uçun tayyorgarlikdan ötganlar ham umrbod qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin. Diversiya guruhida iştirok etganlik uçun sud 10 yilgaça, «qöporuvçilikka şeriklik» uçun esa 10 yildan 20 yilgaça qamoq jazosi tayinlaşi mumkin. 

Qonun loyihasi Davlat dumasiga 8 dekabr kuni kiritilgan. Uning mualliflari Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin, «Yagona Rossiya» fraksiyasining barça deputatlari, Rossiya Kommunistik partiyasi rahbari Gennadiy Zyuganov, Liberal-demokratik partiya rahbari Leonid Slutskiy, «Adolatli Rossiya – Haqiqat uçun» partiyasi rahbari Sergey Mironov va «Yangi odamlar» rahbari Aleksey Neçayev. 14 dekabr kuni qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi. 

Volodin öşanda buni «mamlakat mudofaasi uçun zarur bölgan prinsipial muhim qadam» deb atadi, çunki Rossiya hozirda Ukrainaga qarşi uruş olib bormoqda, qoçqinlarni qabul qilmoqda va çet el fuqarolarining kirişi hamda çiqişi uçun oçiq qolmoqda. «Diversantlar uçun jazo imkon qadar qattiqroq böladi», deb va’da berdi Vyaçeslav Volodin.