Afğonistondagi hukmron «Tolibon» harakati afğon ayollariga universitetlarda öqiş taqiqlanganini ma’lum qildi. Ta’lim vazirligi bayonotiga köra, ayollarning universitetlarga kirişiga çeklov zudlik bilan va muddatsiz kuçga kiradi.
Afğonistondagi ayollar bosqiçma-bosqiç ta’lim oliş imkoniyatidan mahrum qilinmoqda. Ötgan yili «Tolibon» qizlarning örta maktablarda öqişini taqiqlagan edi.
Afğoniston oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlari uç oy oldin bölib ötdi, öqişga kirganlar orasida minglab yoş ayollar ham bor edi. Biroq ular örganişi mumkin bölgan fanlar va kasblarga qattiq çeklovlar qöyildi: veterinariya, muhandislik, iqtisod va qişloq xöjaligi ayollar uçun taqiqlandi, jurnalistikaga esa qattiq çeklovlar qöyildi.
Ötgan yili «Tolibon» Afğonistonda hokimiyatni qölga kiritganidan söng universitetlarda erkaklar va ayollar alohida öqitila boşlandi. Şu bilan birga, ayollarni faqat boşqa ayollar yoki keksa yoşdagi erkaklar öqitişi mumkin edi.
Noyabr oyida Kobuldagi ayollarga şahar parklariga, basseyn va sport zallariga kiriş taqiqlab qöyildi. Uşbu qoidalar butun mamlakatga tatbiq etilişi kutilmoqda.

















