Qozoğiston parlamenti Senati yiğilişida milliy iqtisodiyot vaziri Alibek Quantirov Qozoğistonda haşamat soliğini joriy etiş masalasiga töxtaldi.
Vazirning sözlariga köra, 2023 yilning birinçi çoragida tegişli davlat idoralari haşamat soliği böyiça qoidalarni öz içiga olgan yangi Soliq kodeksini yaratiş ustida faol işlaşni rejalaştirmoqda.
«Keyingi yil biz yangi Soliq kodeksi ustida faol işlamoqçimiz. Kuzga qadar parlamentga taqdim etamiz. Hozirça, biz oldindan taxmin qilmoqdamizki, haşamat soliği joriy etiladi. 2024 yildan boşlab butunlay yangi Soliq kodeksi kuçga kiradi», dedi Alibek Quantirov.
Vazir haşamat soliği qanday böladi, uni kimlar tölaydi degan savolga ham javob berdi.
«Biz turli xil variantlarni körib çiqmoqdamiz. Birinçi variant köçmas mulk obektlari soni böyiça. Ya’ni ma’lum miqdordan oşib ketganligi uçun. Agar bir jismoniy şaxsning köçmas mulk obektlari köp bölsa, u holda köçmas mulk obektlariga qöşimça soliq soliş mumkin böladi. Yoki bu ularning narxiga boğliq böladi. Albatta, bu, asosan, uşbu soliqni tölaşga qodir bölgan badavlat odamlarga ta’sir qiladi. Şunga köra, bu ularga zarar keltirmaydi. Haşamat soliği, qoida tariqasida, qimmatbaho maşinalar, boşqa haşamatli narsalar, ehtimol antikvar buyumlar va boşqalarga nisbatan qöllanişi mumkin», deb tuşuntirdi vazir.
Avvalroq, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev soliq islohoti doirasida örta sinfga ta’sir qilmaydigan haşamat soliğini joriy etiş imkoniyatlarini körib çiqiş zarurligini aytgan edi.













