AQŞ Moliya vazirligi (Ğaznaçilik departamenti) saytida ma’lum qilinişiça, sanksiyalar röyxatiga mudofaa korxonalari uçun asbob-uskunalar yaratiş bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar kiritilgan.
Ular orasida, xususan, I.V.Gorinin nomidagi «Prometey» konstruksiya materiallari markaziy ilmiy-tadqiqot instituti va «Kurçatov instituti» milliy tadqiqot markazi bor.
Bundan oldin joriy yil natijalariga köra, Rossiya kosmik sanoatining yöqotişlari 50 mlrd rubldan oşişi mumkinligi xabar qilingandi.
«Bugungi kunda Roskosmosdagi moliyaviy-iqtisodiy vaziyat şuni körsatadiki, yumşoq qilib aytganda, bu yerda hammasi joyida emas. 2021 yilda davlat korporatsiyasining zarari 31 milliardni taşkil etdi», - dedi Roskosmos davlat korporatsiyasi rahbari Yuriy Borisov «Vedomosti» naşriga intervyuda.
«24 fevraldan keyin yuzaga kelgan vaziyatni - bir qator xalqaro şartnomalar, jumladan, dvigatellarni yetkazib beriş, işga tuşiriş xizmatlarini rad etişni hisobga olsak, hammasi yomonlaşdi. 2022 yil oxirigaça rejalaştirilgan yöqotişlar 50 milliard rubldan oşadi», - dedi Borisov.
Uning sözlariga köra, yöqotişlarning asosiy manbasi «korxonalar işini notöğri taşkil etiş bilan» boğliq.


















