Unda avtomobil yöllarida Turkiya investitsiyasi hisobidan «Aqlli yöl» tizimini joriy etiş masalasi muhokama qilindi. Vodiy viloyatlarida amalga oşiriş rejalaştirilayotgan uşbu loyiha uçun 10 million dollar töğridan töğri xorij sarmoyasini yönaltiriş közda tutilayotganini ma’lum qilgan Zeynep Yildirim avtotransport oqimini boşqariş hamda yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş borasida uşbu tizim joriy etilgan xorijdagi hududlarda erişilgan ijobiy natijalar haqidagi ma’lumotlarni örtoqlaşdi.
«Aqlli yöl» tizimi yöl-transport hodisalarini, jarohat oliş va ölim holatlarini 90 foizgaça kamaytiriş imkonini beradi. Tölaligiça inson omilisiz işlaydigan uşbu tizim quyoş energiyasi yordamida işlovçi infraqizil nurlarga ega radarlar hamda kameralar, elektron tablolar bilan jihozlangan bölib, unda kerakli vaziyatlarda hodisa joyiga yöl harakati xavfsizligi, tez yordam va favqulodda vaziyatlar bölinmalarini avtomatik çaqiriş imkoniyati mavjud.
Sim-kartalar yordamida internetga ulaniş imkoniyati hamda elektr tarmoği tortiş ehtiyoji yöqligi bu tizimni qisqa muddatda istalgan hududda joriy etiş imkonini beradi. Tizim tezlikni oşiriş, qizil çiroqda ötiş, qoidani buzgan holda quvib ötiş, xavfsizlik kamarisiz harakatlaniş, qoidaga xilof ravişda buriliş, yöl qatnov qismining piyodalar kesib ötişi uçun möljallangan qismida qoidaga amal qilmaslik va boşqa köplab holatlarda muayyan hududda yoki yöl qismida töla nazoratni ta’minlaydi.
Uçraşuvda viloyatda «Aqlli yöl» tizimi joriy etiladigan hududlarni belgilaş yuzasidan hamkorlikda işni taşkil etiş hamda yaqin muddatda loyihani amalga oşirişga kirişiş yuzasidan ahdnoma imzolaşga kelişib olindi.

















