Prezident tomonidan jamoat transportidagi muammolar tanqid qilinganidan söng transport vaziri va boşqa mansabdorlar ham avtobuslarda köriniş bera boşladi. Poytaxtdagi avtosaroylar IIV, FVV va Milliy gvardiyaga biriktirilgani, buning natijasida avtobuslar qatnovi “jonlanib”, oraliq interval ikki barobarga qisqargani haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz yölovçilarning noroziligiga sabab bölgan bir neçta yönalişlarga çiqib, haqiqiy holatni yana bir bor örgandi.

1 hafta ilgari jamoat transportlari bilan boğliq holatni örganganimizda poytaxtliklar bu borada e’tirozlarga töla fikrlarni bildirişgan edi.

“Izza dahasi va Toşkent MUM avtoşohbekati yönalişida qatnaydigan 13-avtobusni soatlab kutavergan yölovçilar çarçaşdi. Nahotki avtobusni köpaytirişning imkoni bölmasa? Qaçongaça yölovçilar avtobusning qorasi körinarmikan, deya yölga termulib ötirişadi? Yölovçilar 13-avtobusni kamida 40-50 daqiqa, gohida bir soat kutadigan bölişganidan norozi. Bu norozilikka kim barham beradi?! Mutasaddilardan javob kutamiz!” – deb bir oy muqaddam yozgan edi ijtimoiy tarmoq faoli Xonbibi Himmat qizi özining Facebook sahifasida.

Şu sababli mazkur yönalişdagi vaziyat qançalik yaxşilanganini tekşirib körişga qaror qildik. Yölovçilarning sözlariga köra, ilgari soatlab kutilgan 13-sonli avtobus sönggi bir hafta içida juda qisqa interval bilan harakatlanyapti. Yönalişga yangi qöyilgan avtobuslarning birida haydovçilik qilayotgan Öktam Hoşimov avtobuslar soni avvalgidan 5-6 taga köpaytirilganini ma’lum qildi.