Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlamoqda
U bunga majbur bo‘layotganini aytgan. Deputat spiker o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatov budjet loyihasi muhokamalarida so‘z bermaganini ta’kidlab, qonun muhokamasida qatnashmagani haqida yozgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘z mandatini topshirmoqchi.
«Deputatlik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bunday ishlay olmas ekanman. Bunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman.
Ishonch bildirgan, qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat! Rozing bo‘linglar! Nasib qilsa qolganini vaqt ko‘rsatadi. Alloh madadkor bo‘lsin!» - deb yozgan deputat telegram-kanalida.
Shuningdek, u tvitterdagi sahifasida Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatov unga budjet loyihasi muhokamalarida ochiqchasiga so‘z bermaganini ma’lum qilgan.
«Bu safargi budjet muhokamalarida ishtirok etmadim. Katta hajmdagi loyihani o‘qishga ham yetarli vaqt berilmadi. 1-o‘qishda yalpi majlisda so‘z so‘rasam, "zamspiker" Ulug‘bek Inoyatov ochiqchasiga so‘z bermadi. So‘ng majlisdan chiqib ketdim va kirmadim.
Deputatlarning og‘zini yopadigan "zamlar"ning boridan yo‘g‘i yaxshi», - deydi Kusherbayev.
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Nyu-Yorkka moliyalashtirishni qisqartirish bilan tahdid qildi
Jahon | 09:27
-
Farg‘onada chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona qurilishiga start berildi
O‘zbekiston | 09:19
-
To‘qqiz davlat firibgarlarga qarshi keng ko‘lamli amaliyot o‘tkazdi
Jahon | 09:17
-
O‘zbekistonda 9,9 mln tonna sabzavot yetishtirildi: Andijon va Samarqand peshqadam
Iqtisodiyot | 08:53
Mavzuga oid
18:40 / 09.08.2025
Jarimabozlik: Ekologiya vazirligi faqat jarima o‘ylab topgani tuzilganmi?
23:01 / 20.04.2025
Sobiq deputat Rasul Kusherbayev IIBga chaqirildi
14:01 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi
14:41 / 18.01.2025