Joriy yilning 21 dekabr kuni Özbekiston va Qozoğiston işbilarmon doiralari örtasidagi biznes-forum davomida investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev va Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Serik Jumangarin, UzAuto Motors, Qozoğiston Taraqqiyot banki va Allur kompaniyasi (Qozoğiston) qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça 570 million dollarlik qator şartnomalar imzoladi.
“UzAuto Motors” AJ va Qozoğiston Taraqqiyot banki Qozoğistonda "Allur" avtomobil zavodi quvvatlarida kiçik hajmdagi yiğiş usuli böyiça yiliga 30 000 dona “Chevrolet Onix” avtomobillarini işlab çiqariş loyihasini moliyalaştiriş böyiça kelişuvga erişişdi. Loyihani amalga oşiriş uçun taxminan 50 million dollarga yaqin investitsiyalar jalb qilinadi, bu esa "UzAuto Motors"ga Qozoğistonda öz mavqeyini mustahkamlaş va boşqa potensial eksport bozorlarini özlaştirişga imkon beradi.
UzAuto Motors va "Allur" örtasidagi Qozoğistonga "Allur" zavodiga 500 million dollarlik avtomobil komplektlari va butlovçi qismlari eksporti hajmini oşiriş böyiça imzolangan kelişuv ham Özbekiston eksport potensialini kengaytirişga xizmat qiladi.
UzAuto Motors, Qozoğistondagi loyihalardan taşqari, qozoğistonlik hamkorlari bilan Özbekistonda zamonaviy, innovatsion ehtiyot qismlar tarqatiş markazini joriy etişda hamkorlik qiliş böyiça kelişuvga erişdi. Uşbu kelişuv natijasi Özbekistonga 20 million dollar miqdorida investitsiyalarni jalb qiliş, şuningdek, logistika zanjirlari va yetkazib beriş yönalişlarini optimallaştiriş hamda yuklarni taşiş xarajatlarini kamaytiriş böladi.
Hamkorlikni istiqbolli rivojlantiriş rejasida tomonlar bozorlarning ehtiyojlari va iste’molçilar talabidan kelib çiqqan holda avtomobillar qatorini yangilaş va kengaytiriş imkoniyati töğrisida kelişib olişdi. Avtomobilsozlik sohasidagi özaro manfaatli hamkorlik ikki davlatning iqtisodiy taraqqiyotiga yangi turtki beradi, mintaqaviy hamkorlikni kengaytiradi, bu orqali eksport bozorlarini yanada rivojlantiriş uçun mustahkam poydevor yaratadi.
Reklama
















