Bu gal Lukaşenko Putinning taklifiga binoan Moskva yaqinidagi kosmonavtlarni tayyorlovçi Yulduzlar şaharçasiga borgan. U yerda ayni damda belaruslik kosmosga uçişga da’vogarlar maşğulot ötkazmoqda.
Lukaşenko şaharçaga safari davomida belaruslik kosmonavtlar bilan gaplaşdi, Yuriy Gagarinning xizmat maşinasini tomoşa qildi. 26-27 dekabr kuni Belarus prezidenti Lukaşenko Sankt-Peterburg şahrida Putinning taşabbusi bilan taşkil etilayotgan MDH davlatlari norasmiy sammitida ham iştirok etadi.
Lukaşenko 2022 yil davomida sakkizinçi marta Rossiyaga bordi. 5 kun avval Lukaşenko va Putin Minskda uçraşgan edi. Öşanda Rossiya prezidenti Putin 3 yil içida ilk marta Belarusga taşrif buyurgandi. Ğarb OAVlari öşa uçraşuvda Putin Lukaşenkoni Ukrainadagi uruşga faol qöşilişga köndirişga urinib körgani, ammo buni uddalay olmagani haqida yozgandi.

















