Melotopol qonuniy meri Ivan Fedorov öz Telegram-kanalida portlatib yuborilgan maşina içida «rus bosqinçilari bölganini» yozdi. Ukraina içki işlar vaziri maslahatçisi Anton Geraşenkoning yozişiça, portlaş Gorkiy xiyoboni oldida sodir bölgan.
«Jabrlanganlarning şaxsi aniq emas, ular FXX xodimlari yoki bosqinçi hukumat vakillari bölişi mumkin», deb yozadi Geraşenko.
Rossiyalik harbiy blogerlar ham portlatilgan maşina içida FSB xodimlari bölgani haqida yozmoqda. Ularning ölgani yoki tirikligi haqida ma’lumot yöq. Ba’zi manbalar maşina içidagi bir kişining tanasi parçalanib ketganini yozgan.
Avvalroq Rossiya Melitopolda köça janglariga tayyorlanayotgani, şahar köçalarida beton tösiqlar köpaygani haqida yozilgandi. Ukraina bu şaharni qaytarib oliş uçun harakatlarni davom ettirmoqda.


















