Avval aytib ötganimizdek, 2022 yilning 8 dekabr kuni Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasida ötkazilgan örganişlar davomida geologik-izlov qidiruv dasturi doirasida “Niyoz” istiqbolli maydonida burğilaş işlari natijasida sanoat miqyosida kunlik 200 ming kub metr tabiiy gaz oqimi olingan 2-sonli quduqni özlaştiriş uçun 26 km uzunlikdagi gaz quvurini quriliş işlariga ctart berilgan edi.

Qisqa fursatda quvurning quriliş-montaj işlarini olib boriş va quduqni işga tuşiriş maqsadida “Yuggazstroy” AJ şuningdek Şörtan boşqarmasining kapital ta’mirlaş sexi xodimlari bilan hamkorlikda quriliş-montaj işlari olib borildi.

Natijada, 2 hafta muddatda “Şörtan” konida joylaşgan gazni dastlabki tayyorlaş qurilmasi 1-navbatigaça bölgan masofada “Niyoz” konidan boşlab 26 km gaz quvurini quriş işlari yakunlandi. Gazni tayyorlaş qurilmasida gaz tarkibidan texnik suyuqliqlar (gaz kondensati va qatlam suvlari) hamda mexanik birikmalar ajratib olingandan söng, gaz qayta işlaş uçun “Şörtan boş inşooti”ga uzatiladi.

Boşqaruv raisi gaz quvuri quriliş işlari kunlar sovuq bölişiga qaramasdan qisqa muddatda tugatilganligi, tezkorlik bilan işlar amalga oşirilganligi sabab, barça işçi-xodimlarga minnatdorçilik bildirdi va uşbu konni işga tuşiriş uçun şarli kranni oçiş, gazni qurilmaga qabul qiliş işlarini şaxsan boşlab berdi hamda 4,0 mlrd metr kub tabiiy gaz hamda 250 ming tonnadan ortiq gazkondensati zaxirasiga ega bölgan “Niyoz” koni işga tuşirildi.

Taşrif davomida uşbu gaz quvurini işga tuşirişda mehnat qilgan işçi-xodimlarga, sex va kon boşliqlariga yana bir bor minnatdorçilik bildirilib, ularning mehnatlari e’tirof etildi.

Şörtan boşqarmasida 10 ta gaz konlaridan gaz qazib çiqarilayotgan bölib, jami işlatiş quduqlari soni 273 tani taşkil etadi. Uşbu konlardan örtaça bir kunda 24,3 mln. kub metr tabiiy gaz qazib çiqariladi.

Konlardan qazib olingan gaz mavjud 8 ta gazni dastlabki tayyorlaş qurilmalarida birlamçi tayyorlanib, siquv kompressor stansiyalarida bosimi oşiriladi va qayta işlaş uçun Şörtan boş inşooti hamda Şörtan gaz kimyo majmuasiga yetkazib beriladi.

Şuni ta’kidlaş joizki, joriy 2022 yilning şu davrigaça Şörtan boşqarmasida geologo-texnik tadbirlar doirasida 16 ta yangi burğilaş quduqlari burğilanib işga topşirildi.