«Torino» Şomurodov transferi böyiça muzokaralarni davom ettirmoqda
Italiyalik insayder Nikolo Şiraning ma’lumotiga köra, «Torino» «Roma» hujumçisi Eldor Şomurodovga qiziqişni saqlab qolmoqda. Özbekiston terma jamoasi a’zosi Joze Mourinoning rejalaridan örin olmagan va Turin klubi bu vaziyatdan foydalanib qolmoqçi.
Rimliklar jamoasining Şomurodov bilan şartnomasi 2026 yilga qadar tuzilgan. Transfermarkt futbolçining transfer qiymatini yetti million yevroga baholagan.
Uşbu 27 yoşli forvard 2020-2021 yillar mavsumida Italiyaning boşqa bir jamoasi «Jyenoa» safida töp surib, 31 öyinda 8 gol urişga erişgan. U 2021 yil yozida «Roma» safiga kelib qöşilgandi, ammo ötgan vaqt mobaynida asosiy tarkibdan örin egallay olmadi va jami 34 öyinda 3 gol uriş bilan kifoyalandi.
Asensio — «Barselona»ga ötadimi?

AS naşri ma’lumotiga köra, «Real» yarimhimoyaçisi Marko Asensio «Barselona» safida paydo bölişi mumkin. Katalonlar klubi uning şartnomasi uzaytirilişi böyiça vaziyatni kuzatib bormoqda: uning Madrid klubi bilan amaldagi kelişuvi 2023 yil iyuniga qadar tuzilgan, ammo kelişuvni uzaytiriş böyiça muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolgan.
Transfermarkt Asensioning transfer qiymatini 25 million yevroga baholagan. Ayni vaqtda 26 yoşda bölgan havbek muqaddam «Malorka» va «Espanol» (ijara) klublarida töp surgan. 2015 yildan «Real» a’zosi hisoblanadi. Joriy mavsumda La Liganing 9 öyinida iştirok etib, 1 gol urdi va 2 golga uzatma berdi.
Feliş «Atletiko»dan ketişi mumkin

«Atletiko» hujumçisi Joau Feliş faoliyatini Angliyada davom ettirişi mumkin. Daily Mirror xabariga köra, 23 yoşli futbolçiga APLnin bir qança top-klublari da’vogarlik qilmoqda. Xabar qilinişiça, madridliklar portugaliyalik futbolçini mavsum oxiriga qadar ijaraga berişga ham tayyor, ammo bu holatda 8 million funt sterling miqdorida tovon puli talab etiladi.




















