Prezident murojaatnomasi: Asosiy yangiliklar

Haftaning bosh nyusmekeri – prezident Shavkat Mirziyoyev. Davlat rahbari seshanba kuni parlamentga an’anaviy murojaat bilan chiqib, kelasi yil uchun yangiliklarni e’lon qildi. 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berildi.

Murojaatnomada aytilishicha, kelasi yili ham oyliklar, pensiya va nafaqalar oshiriladi. O‘qituvchilarning maqomi Konstitutsiyada alohida belgilab qo‘yiladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm maktablaridagi kabi o‘quvchilarga bepul yegulik berish O‘zbekistonning hamma maktablarida yo‘lga qo‘yiladi. Prezidentning ma’lum qilishicha, keyingi yili davlat 70 ta maktab qurib, 460 tasini kengaytiradi. Bunga qo‘shimcha ravishda tadbirkorlar 100 ta maktab qurilishini boshlashi, xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan maktablar soni 5 yil ichida mingtaga yetkazilishi aytildi.

Bundan tashqari, bog‘chalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha 5 yillik dastur qabul qilinadi. Texnikumlarda Yevropa kasbiy ta’lim standartlari joriy etiladi. Injyenerlar tayyorlash uchun muhandislik maktablari ochiladi.

Sog‘liqni saqlash sohasida esa davlat tibbiy sug‘urtasiga o‘tish tezlashtiriladi. Tug‘uruqxonalarning hammasi ta’mirlanadi va jihozlanadi, ulardagi o‘rinlar soni 35 foizga ko‘paytiriladi. Samarqand, Farg‘ona va Xorazmda saratonga chalingan bemorlar davolanishi uchun radiologiya markazlari tashkil etiladi.

Sud-huquq sohasida ham ayrim o‘zgarishlar kutilyapti. Tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolati prokuraturadan sudga