Uy-joy va avtomobil ijarasi bo‘yicha minimal stavkalar oshadi
2023 yilda jismoniy shaxslar uchun turar va noturar joylarni hamda avtotransport vositasini ijara berishning eng kam stavkalari barcha hududlar uchun 10 foiz atrofida oshiriladi.

Foto: Kun.uz
Moliya vazirligi 2023 yilgi budjet qonuni loyihasini e’lon qildi. Unda 2023 yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari ham ko‘rsatilgan.
Kun.uz tugayotgan yil va 2023 yildagi binolar va avtomobil ijara to‘lovi eng kam stavkalarining taqqoslama jadvalini tuzdi.
Toshkent shahrida turar joy binolarini ijaraga berishning eng kam stavkalari 1 kv/m uchun oyiga 17 ming so‘m, noturar joylar uchun esa 35 ming so‘m etib belgilanyapti. O‘tgan yilga nisbatan stavka 10 foizga oshyapti.
Ma’lumot o‘rnida, 60 kvadrat maydonga ega xonadonni 1 mln 20 ming so‘mdan (60 x 17 000) arzon narxga rasman ijaraga berib bo‘lmaydi. Ijara shartnomasidagi summa ijaraga beruvchining daromadini soliqqa tortishda hisobga olinadi (daromad solig‘ining stavkasi – 12 foiz).
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida turar joylar ijarasining minimum qiymati 1 kv/m uchun oyiga 9 500 so‘mdan 10 500 so‘mga, noturar joylar ijarasi esa 18 500 so‘mdan 20 500 so‘mga oshyapti.
Boshqa aholi punktlarida 2022 yilda turar joylar ijarasining eng kam stavkasi 4000 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, kelgusi yildan bu miqdor 4500 so‘m bo‘ladi.
2023 yilda yengil avtomobil ijarasining eng kam stavkasi 630 mingdan 695 ming so‘mga oshyapti.
2022 yilda mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillar ijarasi stavkasi 1 250 000 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, yangi yildan bu miqdor 1 375 000 ming so‘mgacha oshirilyapti.
2023 yilgi budjet parametrlari bilan ushbu maqolada tanishing.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
-
Britaniya bosh vazirining uyida yong‘in chiqdi - The Times
Jahon | 23:00 / 12.05.2025
-
Zelenskiy Putinni yuzma-yuz gaplashishga chaqirdi. Rossiya nega otashkesimni cho‘zyapti?
Jahon | 22:48 / 12.05.2025
Mavzuga oid

09:25 / 08.05.2025
Fransiya O‘zbekistonda uy-joylar “yashil” renovatsiyasiga mablag‘ ajratadi

13:17 / 30.04.2025
Ko‘p qavatli uylarning bir qismi ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkaziladi

12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi

13:20 / 16.04.2025